35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
Yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasida saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Pargos” mahallasiga biriktirilgan yoshlar yetakchisi B.Amantayevning yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va daromadli mehnatga jalb etish borasidagi ishlari o‘rganildi.

🟢O‘rganish jarayonida mahallada istiqomat qiluvchi yoshlar bilan ishlash holati, ayniqsa, ishsiz va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan yoshlarni aniqlash, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

🟢Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida ular bilan yakka tartibda ishlash, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berish, kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lgan yoshlarni tegishli o‘quv kurslariga yo‘naltirish hamda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilayotgani ko‘rib chiqildi.

🟢O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga yoshlar bilan manzilli ishlashni yanada kuchaytirish, ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash hamda har bir amalga oshirilgan ishning natijadorligini tahlil qilib borish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1