Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri E. Mirzayev 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tantanali tadbirida ishtirok etdi.
🎓 Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilar, ayniqsa, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan jajji birinchi sinf o‘quvchilari uchun unutilmas va hayajonli kunlardan biridir. Mazkur bayram tadbiri o‘quvchilar, ustozlar va ota-onalarni bir maqsad — yangi bilim, yangi marralar va ezgu orzular sari birlashtirdi.
🌱 Tadbir davomida o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida puxta bilim olish, ustozlarning qimmatli tavsiyalariga amal qilish, Vatanga sadoqatli, bilimli va ma’naviyatli yoshlar bo‘lib voyaga yetishlari tilaklari bildirildi.
📚 Shuningdek, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni fan, sport va turli to‘garaklarga keng jalb etish muhimligi ta’kidlandi.
✨ “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida yangi o‘quv yiliga start berilar ekan, barcha o‘quvchilarga yangi bilimlar, yuqori natijalar va katta muvaffaqiyatlar tilandi.
Yangi o‘quv yili — yangi imkoniyatlar, yangi marralar va porloq kelajak sari muhim qadam!