35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Ashurov tomonidan tumandagi Shabnam mahallasida fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarini o‘rganish yuzasidan sayyor uchrashuv o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida mahalla hududida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganilib, muammolarni imkon qadar joyida hal etish choralariga e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida, xususan, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar, bandlik, ijtimoiy himoya hamda boshqa yo‘nalishlarda fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan tegishli taklif va murojaatlar qayd etildi.
Bildirilgan murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga vazifalar belgilandi. Murojaatlarning ijrosini ta’minlash, ularning qonuniyligi va natijadorligini nazoratga olish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va samarali hal etish xalq deputatlari tuman Kengashi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bunday sayyor o‘rganishlar orqali aholi bilan bevosita muloqot yanada kuchaytirilib, hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3