35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
DOIMIY KOMISSIYA RAISI TOMONIDAN KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA DEHQON BOZORIDA JAMOATCHILIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 17-“Bo‘rsiliq” saylov okrugidan saylangan deputat, doimiy komissiya raisi Muxitdinov Xusnitdin Muxitdinovich tomonidan tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasi ijrosi doirasida “Parkent dehqon bozori” MChJ ma’muriyati bilan hamkorlikda bozor faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati o‘tkazildi.Nazorat davomida “Parkent dehqon bozori” MChJ direktori M.Egamberdiyev bilan bozorning bugungi faoliyati, savdo rastalarining ishlashi, to‘lovlarning elektron shaklda amalga oshirilishi hamda xavfsizlik choralariga oid masalalar muhokama qilindi.Ma’lum qilinishicha, ayni paytda bozor hududida 329 ta savdo rastasi faoliyat yuritmoqda. Savdo rastalari bo‘yicha kunlik to‘lovlar CLIC ilovasi orqali onlayn amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bozor hududiga 18 ta kuzatuv kamerasi o‘rnatilgan bo‘lib, savdo va to‘lov jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Jamoatchilik nazorati doirasida “Maktab yarmarkasi” faoliyati ham ko‘zdan kechirilib, o‘quv qurollarining narxlari, mahsulotlar assortimenti va xaridorlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.Bundan tashqari,“Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi”da sotilayotgan go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari hamda sifati ko‘rib chiqildi.O‘rganish jarayonida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining barqarorligi, aholiga mahsulotlarni qulay narxlarda xarid qilish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.Shuningdek, tadbirkorlar bilan suhbatlar o‘tkazilib,mahsulotlar narxini asossiz oshirmaslik, sifat talablariga rioya qilish,aholini hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash hamda mavsumiy mahsulotlar zaxirasini yetarli darajada shakllantirib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Nazorat yakunida bozor hududida savdo madaniyatini yanada yaxshilash, narx-navoning barqarorligini saqlash, tadbirkorlar uchun sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash hamda aholining manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 7