35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI HAMDA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish maqsadida o‘zi saylangan
okrug hududidagi “Bo‘ston” OSHPda o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish davomida muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan ambulatoriya xizmatlari, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat sifati hamda sanitariya-tozalik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.Shuningdek, o‘rganish davomida “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi,xususan, Qonunning 29-moddasida belgilangan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining aholiga qulay va bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishning asosiy turi sifatidagi amaliy ijrosi tahlil qilindi.Qonun ijrosi yuzasidan tibbiyot xodimlariga bir qator
savollar berilib, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami o‘z vaqtida va bepul ko‘rsatilayotgani, fuqarolarning tibbiy xizmatlardan foydalanishida muammolar mavjud yoki mavjud emasligi hamda bemorlarni zarur dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan fikr-mulohazalar olindi.Shuningdek, tibbiyot xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularning faoliyati, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va takliflari tinglandi. Muloqot davomida aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, fuqarolarga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, dori vositalaridan oqilona va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.Mazkur yo‘nalishda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifati va samaradorligini oshirish hamda qonun hujjatlarida belgilangan talablarning ijrosini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 5