35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI: PIYODALAR XAVFSIZLIGI E’TIBORDA
янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati
Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining «15-Teppakchinor» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova «Terakzor» mahallasi Tinchlik ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi.
Uchrashuv va o‘rganish jarayonida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha muloqot o‘tkazildi.
Jumladan, Tinchlik ko‘chasi 98-uyda yashovchi fuqaro Qo‘chqorova Gulnoraning farzandlarini ishga joylashtirish masalasi hamda 339-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Mingnorov Mavlonning oilaviy biznesini rivojlantirish, tomorqa yer maydonidan samarali va unumli foydalanish borasidagi murojaatlari batafsil o‘rganildi.
Murojaatchilarga mavjud imkoniyatlar, imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlar va tegishli hamkorlar bilan birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Deputat N.Xamdamova fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish bilan cheklanib qolmasdan, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va murojaatlar ijrosini nazoratga olish muhim vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, joylardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Slide 1 of 3