35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 IJTIMOIY REYESRDAГI OILA FARZANDLARINING TA’LIMGA JALB ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MONOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILALAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA — E’TIBORDA
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT HAMDA MAS’UL TASHKILOTLAR TOMONIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 MONOQ MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQARONING HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
Nuroniylar bilan uchrashuv: huquqiy bilim va hayotiy tajriba uyg‘unligi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi deputatlari Sh. Berdaxov, G. Yusupova va J. Jumanazarovlar tomonidan tumanimizdagi nuroniylar ishtirokida uchrashuv va ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlatimiz tomonidan nuroniylar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, boy hayotiy tajribasi va pand-nasihatlaridan yoshlar tarbiyasida samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida nuroniylarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Nuroniylar — xalqimizning bebaho ma’naviy boyligi. Ularning hayotiy tajribasi, duosi va maslahatlari jamiyatimiz taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. 

Slide 1 of 4