35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📚 IJTIMOIY REYESRDAГI OILA FARZANDLARINING TA’LIMGA JALB ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
MONOQ MAHALLASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILALAR BANDLIGI O‘RGANILDI
янв.21
🏘 YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASIDAGI MAHALLA — E’TIBORDA
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT HAMDA MAS’UL TASHKILOTLAR TOMONIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 MONOQ MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQARONING HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📢 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
KENGASH QARORLAR IJROSI DEPUTATLAR NAZORATDA
Kogon shahrida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini mustahkamlash va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
#tavsiyalar
#qonun_162
#yoshlar_maslahat_guruhi
#deputatlik_nazorati

Kogon shahrida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, mavjud tarmoqlarning texnik holatini mustahkamlash va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishni ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati F. Quvatov boshchiligida tashkil etilmoqda.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq, xalq deputatlari Kengashlari hududiy masalalarni hal etish, tegishli tashkilotlar faoliyati va qabul qilingan qarorlar ijrosini nazorat qilish borasida vakolatlarga ega.

Shu nuqtayi nazardan, elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni tegishli mutasaddilar oldiga qo‘yish va amaliy yechimiga ko‘maklashish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Kogon shahrida aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 4