35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati S. Shoyunusova tomonidan mahalla fuqarolari uchun sayyor qabul tashkil etilib, aholi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, muammo va takliflar batafsil tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalar joyida o‘rganildi. Xususan, aholi turmush sharoitini yaxshilash, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

📌 Har bir murojaat deputat tomonidan alohida nazoratga olinib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va qonuniy yechimini topish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Shuningdek, fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Aholi bilan bunday bevosita muloqotlar orqali joylarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni tizimli ravishda bartaraf etish hamda fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🇺🇿 Deputat va xalq o‘rtasidagi doimiy muloqot — muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning samarali yechimini ta’minlashning muhim omilidir.

Asosiy maqsadimiz — aholi roziligini ta’minlash, har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik va fuqarolar uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishga hissa qo‘shish

Slide 1 of 5