35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kengash qarori ijrosi — amalda
янв.21
🛣 Yo‘l va ko‘prikning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ko‘rsatilgan amaliy yordam o‘rganildi
янв.21
👩‍💼 Mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi
янв.21
🏠 Ijtimoiy reyestrdagi oilaga ajratilgan mablag‘dan foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Tibbiy xizmatga muhtoj oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
🟢 XALQ DEPUTATLARI TUMAN KENGASHINING 29-SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN DEPUTAT MUNOSABATI
MUSTAQILLIK — EZGULIK VA MEHR-OQIBAT TIMSOLI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Yu.A. Ibragimov tomonidan 19-Qo‘shchinor mahallasida istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan va ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya tadbiri tashkil etildi.

🔠Tadbir doirasida ehtiyojmand oilalarga kundalik turmush uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. Ushbu ezgu tashabbus orqali oilalarga nafaqat amaliy yordam ko‘rsatildi, balki yurtimizning eng ulug‘ va eng aziz bayrami — Mustaqillik kuni munosabati bilan samimiy tilaklar bildirilib, xonadonlarga bayramona kayfiyat ulashildi.

🤝Bunday xayriya va ijtimoiy ko‘mak tadbirlari aholining turli qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi ezgu qadriyatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

🇺🇿Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, xonadonlarimiz obod va fayzli bo‘lsin!

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4