35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SOʻROVI IJOBIY ECHIM TOPDI 💧✅
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏘 Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Shovot tumani Xalq deputatlari Kengashining reglamenti
янв.21
🚀 “Kelajak” markazi: yoshlar uchun yangi imkoniyatlar sari
янв.21
📍 Ipakchi mahallasida aholi muammolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi
янв.21
📍 Sessiya oldidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
янв.21
🛣 Mevazor mahallasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi
янв.21
📍 Gulshan mahallasida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💧 Ko‘chama-ko‘cha yurib, ichimlik suvi ta’minoti o‘rganilmoqda
#Deputat_o‘rganishi

#Deputat_o‘rganishi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 7-Gulzarobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Erxo'jayevga biriktirilgan Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Ortiqboyev tomonidan 2026-yil 25-avgust kuni Gulzarobod mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida ma’lum bo‘lishicha, 2026-yil davomida Gulzarobod mahallasida jami 118 nafar xotin-qiz “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Ular quyidagi toifalar bo‘yicha qamrab olingan:

🔹 1-toifa — ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar — 61 nafar;
🔹 2-toifa — tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki faoliyatini kengaytirish istagidagi xotin-qizlar — 3 nafar;
🔹 3-toifa — uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj xotin-qizlar — 3 nafar;
🔹 4-toifa — tibbiy va psixologik yordamga muhtoj xotin-qizlar — 25 nafar;
🔹 5-toifa — huquqiy yordamga muhtoj xotin-qizlar — 26 nafar.

📌 Bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar:

✅ 54 nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj xotin-qizlarga yordam ko'rsatildi;
✅ 2 nafar xotin-qizga oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imtiyozli kredit ajratilgan;
✅ 2 nafar ayolga uy-joyini ta’mirlash uchun qurilish materiallari olib berilgan;
✅ 25 nafar xotin qizlar faoliga tibbiy va psixoligik yordam korsatildi
✅ 26 nafar xotin-qizga huquqiy yordam ko‘rsatilgan.

👩‍👩‍👧‍👦 Deputat o‘rganishi yakunida xotin-qizlar bandligini yanada oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga kengroq jalb etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.