35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
“Yangi hayot” mahallasida bunyodkorlik va infratuzilma ishlari o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_okrugida

“Yangi hayot” mahallasida bunyodkorlik va infratuzilma ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 20-Yangi hayot saylov okrugidan saylangan deputat Ch. Normo‘minov tomonidan o‘z saylov okrugidagi “Yangi hayot” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va infratuzilma ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida mahallada xususiy maktab qurilishi, shuningdek, tadbirkor mablag‘lari hisobidan Madaniyat va istirohat bog‘ini kapital ta’mirlash ishlari bilan tanishildi. Yangi barpo etilayotgan xususiy maktabdagi qurilish jarayonlari ko‘zdan kechirilib, ishlarning sifati hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida “Yangi hayot” mahallasidagi sobiq “Mustaqillik” ko‘chasida yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish maqsadida zarur infratuzilma bilan ta’minlash loyihasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.

Xususan, “SHOHIDA QURUVCHI” XK tomonidan 1,5 km uzunlikdagi yo‘lga asfalt yotqizish uchun joy tayyorlash ishlari olib borilayotgani hamda hududda 1,5 km uzunlikdagi ariq qazish va betonlash ishlari bajarilgani ko‘zdan kechirildi.

Amalga oshirilayotgan mazkur infratuzilma ishlari mahallada yo‘l bo‘yi xizmatlarini rivojlantirish, hududni obodonlashtirish va aholi uchun yanada qulay sharoitlar yaratish nuqtayi nazaridan ijobiy baholandi.
Deputatlik nazorati — hudud rivoji va aholi manfaatlari yo‘lida!

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4