35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
FUQARONING MUAMMOSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 24-“Rayhon” saylov okrugidan saylangan deputat Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari hamda ularni hal etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Xususan, fuqaro B.Usmanova oyog‘idan operatsiya qilinishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘ masalasida murojaat qilganligi sababli, deputat tomonidan fuqaroning xonadoniga borib, uning yashash sharoiti va murojaatida ko‘tarilgan masala joyida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqaroning o‘g‘li bilan suhbat o‘tkazilib, operatsiya uchun zarur mablag‘ masalasi, oilaning ijtimoiy holati hamda amaliy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur murojaat deputat nazoratiga olinib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatish va masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4