35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 QUNDUZ MAHALLASIDA KO' CHAMA KO'CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
📍 QUNDУZ MAHALLASIDA QONUN IJROSI MONITORING QILINDI
янв.21
♿️ ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR
янв.21
🎨 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — YOSHLAR IJODIY SALOHIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA
янв.21
📊 HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏥 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📖 Maktab ostonasida — yangi umidlar va ezgu niyatlar!
янв.21
🎒 Maktab ostonasida yangi umidlar va ezgu niyatlar!
Mahallada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

Mahallada barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 1-O'choqli saylov okrugi deputati Bayzakov Kozim Yusupaliyevich nomidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan tuman hududidagi Adolat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lagi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

🛣O‘rganish davomida piyodalar yo‘lagi qurilishining amaldagi loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq olib borilishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallarining talab darajasida qo‘llanilishi hamda obyektda mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

📌Shuningdek, mazkur obyekt aholi, ayniqsa maktab o‘quvchilari, nuroniylar va piyodalar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishdagi ahamiyati alohida ta'kidlandi. Shu bois qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda, sifatli va amaldagi qurilish me'yorlari hamda standartlari asosida yakunlash zarurligi qayd etildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 4