35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Yangi o‘quv yili oldidan ota-onalar bilan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova tomonidan Qazoqon mahallasi hududidagi 46-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan ota-onalar majlisida ishtirok etildi.
         🔹Majlis davomida yangi o‘quv yilini munosib qarshi olish, ta’lim sifati va tarbiya jarayonida maktab hamda ota-onalar hamkorligini yanada mustahkamlash, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlardan samarali foydalanish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
         🔹Deputat R.Bozorova o‘z so‘zida farzandlarning barkamol va bilimli bo‘lib voyaga yetishida ota-onalarning mas’uliyati beqiyos ekanini ta’kidlab, ta’lim muassasasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib borish har bir o‘quvchining muvaffaqiyatiga xizmat qilishini qayd etdi.
         🔹Uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tib, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi hamda kelgusida maktab, ota-ona va jamoatchilik o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.
         🔹Bunday muloqotlar ta’lim sifatini oshirish, yosh avlodning munosib kamol topishi va yangi o‘quv yilini yuqori tayyorgarlik bilan boshlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3