35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#162_ta_qonun
Jamoatchilik nazorati — ochiq va hisobdor davlat garovi


Bugungi kunda davlat organlari faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va fuqarolar oldidagi hisobdorligini ta’minlashda jamoatchilik nazorati muhim o‘rin tutadi.

🇺🇿 “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-474) fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda davlat organlari faoliyatida qonuniylik va mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Jamoatchilik nazorati orqali fuqarolar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatini kuzatishi, tahlil qilishi va mavjud muammolar yuzasidan o‘z takliflarini bildirishi mumkin.

📌 Jamoatchilik monitoringi, jamoatchilik eshituvi, ekspertiza, muhokama, jamoatchilik fikrini o‘rganish va boshqa shakllar orqali aholining fikri davlat boshqaruvida yanada faol aks etadi.

Men, xalq deputati sifatida, fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududimizdagi muammolarni tegishli tashkilotlar oldiga olib chiqishni o‘z faoliyatimning muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilaman.

Jamoatchilik nazorati — bu shunchaki nazorat emas, balki davlat va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqot, hamkorlik va o‘zaro mas’uliyat mexanizmidir.

Birgalikda ochiq, adolatli va xalq manfaatlariga xizmat qiladigan boshqaruvni shakllantiramiz!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 5-Guliston–Galaguzar saylov okrugi deputati Umarov Otash Abdullayevich

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 1