35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Gulnoraxon Ismoilova Andijon shahridagi 31-umumta’lim maktabida bo‘lib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini o‘rgandilar.

Tashrif davomida maktab hududidagi sport maydonchasi va undagi shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, maydonchaning holati hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi o‘rganildi.

Shuningdek, maktab mas’ullari bilan suhbatlashilib, sport maydonchasidan samarali foydalanish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan fikr almashildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanib, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida o‘rganib borilishi qayd etildi.

Slide 1 of 1