35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta va har tomonlama o‘rganish maqsadida sessiya oldi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi raisi U.Salimov, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari L.Karimova, Kengash kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish jarayonida tuman Kengashining 30-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan **“2026-yil olti oyi davomida Uchquduq tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”**gi masala atroflicha ko‘rib chiqildi.

🌱 Jumladan, 2026-yilning dastlabki olti oyida tumanda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijrosi, sohada erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🔎 O‘rganish davomida taqdim etilgan ma’lumotlarning amaldagi holatga muvofiqligi, bajarilgan ishlarning samaradorligi hamda mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar ham ko‘rib chiqildi.

Aniqlangan masalalar va mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, ularni bartaraf etish hamda kelgusida ishlarni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

📊 O‘rganish natijalari navbatdagi 30-sessiyada muhokama qilinib, soha rivoji yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

✅ Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi tomonidan sessiya kun tartibidagi masalalarni oldindan chuqur o‘rganish, deputatlik nazoratini kuchaytirish va aholi manfaatlariga daxldor masalalarning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4