35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 QUNDUZ MAHALLASIDA KO' CHAMA KO'CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI
янв.21
📍 QUNDУZ MAHALLASIDA QONUN IJROSI MONITORING QILINDI
янв.21
♿️ ALOHIDA TA’LIM EHTIYOJLARI BO‘LGAN BOLALAR UCHUN TENG IMKONIYATLAR
янв.21
📊 HOKIM YORDAMCHISINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🎨 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — YOSHLAR IJODIY SALOHIYATINI QO‘LLAB-QUVVATLASH YO‘LIDA
янв.21
🏥 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLAR — DEPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
🏘️ MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIKNI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
📖 Maktab ostonasida — yangi umidlar va ezgu niyatlar!
янв.21
🎒 Maktab ostonasida yangi umidlar va ezgu niyatlar!
Sport maktabida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev, kotibiyat mudiri J.Sadirov tomonlaridan tumandagi Sport maktabining moddiy-texnik bazasi, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda sport inshootlarining holati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida sport maktabida gimnastika zali, kurash zali, boks zali hamda futbol stadioni mavjud bo‘lib, ular sport mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur sport jihozlari bilan yaxshi ta’minlangan. Sport zallarida mashg‘ulotlar belgilangan tartib asosida olib borilishi, sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish va ularning mahoratini yuksaltirish uchun imkoniyatlar yaratilgani o‘rganish jarayonida ko‘zdan kechirildi.

🔺Ayniqsa, kurash va boks zallarida sportchilarning xavfsiz mashg‘ulot o‘tkazishi uchun zarur jihozlar mavjudligi, gimnastika zalida esa ushbu sport turi bilan shug‘ullanuvchi yoshlar uchun tegishli inventarlar bilan ta’minlanganlik holati ijobiy baholandi. Shuningdek, sport maktabi hududida joylashgan futbol stadionining holati ham o‘rganildi. Stadion yoshlarni futbolga keng jalb qilish, jamoaviy sport mashg‘ulotlari va musobaqalarni tashkil etish uchun munosib imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.

🔺Shu bilan birga, yoshlarni sportga jalb etish qamrovini yanada kengaytirish, mahallalardagi iqtidorli bolalarni aniqlash va ularni sport maktabidagi to‘garaklarga yo‘naltirish, sportchilarning viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarda munosib ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi bildirildi. Deputat tomonidan sport maktabi faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud sharoitlarni asrab-avaylash va ulardan samarali foydalanish, yoshlarni sportga keng jalb etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7