35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 RO‘YAT MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR NAZORATDA
янв.21
📌 IJTIMOIY REYESTRDAGI OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📍 RO‘YAT MAHALLASIDA MUAMMOLAR JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
🏘 🏘 AHOLI MUAMMOLARI — XONADONMA-XONADON O‘RGANILDI
янв.21
🏛 VILOYAT KENGASHI QARORI IJROSI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📌 MAHALLADA ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏠 KO'CHAMA KO'CHA O'RGANISH:FUQAROLAR MUAMMOLARI — E’TIBOR VA NAZORATDA
янв.21
🏘️ KO'CHAMA KOCHA YURIB, EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINDI
янв.21
📌 ISHSIZLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH — MUHIM VAZIFA
янв.21
🏠 IJTIMOIY EHTIYOJMAND FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
MAHALLALARDAGI YOSHLAR YETAKCHILARINING FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI E’TIBORDA.

Mahallalarda yoshlar bilan manzilli ishlash,ularning bandligini ta’minlash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda yoshlar yetakchilarining o‘rni muhim. Bugun Parkent tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ushbu yo‘nalishlarda amaliy ishlarni izchil davom ettirmoqda.Xususan, bugun Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida o‘z ishini boshlayotgan “Uzum sayli” festivalida ham tumandagi yoshlar yetakchilari faol ishtirok etib, o‘zlarining fidoyiligi va tashabbuskorligini namoyon etmoqda.Festival doirasida yoshlar yetakchilari tomonidan yoshlarni tadbirga faol jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda mehnat va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.Ayniqsa, yarmarkalarni tashkil etish, yosh tadbirkorlar va faol yoshlarning o‘z mahsulotlarini namoyish etishi hamda sotishi uchun sharoit yaratish borasida yoshlar yetakchilari alohida o‘rnak ko‘rsatmoqda.Mazkur jarayon yoshlar yetakchilarining mahallalarda yoshlarning qiziqishi va imkoniyatlarini o‘rganib, ularni amaliy faoliyatga yo‘naltirayotganining yaqqol namunasidir. Yarmarkalarda yoshlarning ishtiroki orqali ularning daromad topishi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishi va bandligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda.“Uzum sayli” doirasidagi bunday faol ishtirok mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligini ko‘rsatib, yoshlar bandligini ta’minlash,ularningtashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi imkoniyatlar yaratish borasidagi sa’y-harakatlarning amaliy ifodasi bo‘lmoqda.  

Slide 1 of 4