Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan Gilambob mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari o‘rganildi.O‘rganish davomida “Ayollar daftari”da ishsiz toifada ro‘yxatda turuvchi Yusupova Gulchehraning ijtimoiy muammolari atroflicha o‘rganilib, uning murojaati yuzasidan zarur masalalar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan fuqaroning muammosini joyida o‘rganish, uni hal etish imkoniyatlarini aniqlash hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Mahalla va deputat hamkorligi — fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishning muhim omilidir.Deputatlik faoliyati doirasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, aholi manfaatlarini himoya qilish va muammolarni amaliy hal etishga ko‘maklashish ishlari izchil davom ettiriladi.