35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
12 AVGUST — DAVLAT SOLIQ XIZMATI ORGANLARI XODIMLARI KASB BAYRAMI!

Hurmatli soliq xizmati organlari xodimlari!

Sizlarni kasb bayramingiz — 12 avgust — Davlat soliq xizmati organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Mamlakatimizda moliyaviy intizomni mustahkamlash, davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash, soliq to‘lovchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sohada qonuniylik va adolat tamoyillarini qaror toptirish yo‘lidagi mas’uliyatli mehnatingiz yuksak e’tirofga loyiq.

Ayniqsa, soliq ma’muriyatchiligiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va soliq to‘lovchilarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlaringiz muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlaringizga kuch-g‘ayrat tilaymiz!

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!