35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
4-BAND IJROSI:NAVRO‘Z MAHALLASIDA XONADON TADBIRKORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 4-bandi — mahalla hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish masalalari ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.

🔎 Shu doirada tuman Kengashi deputati M. Pardayev, Kengash kotibiyati mudiri F. Xolmuratova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E. Turayev tomonidan Navro‘z MFYda yashovchi fuqaro X. Xatamovaning xonadoni o‘rganildi.

🏡 Xonadon sohiblari tomonidan tashkil etilgan kichik issiqxonada limonariya yo‘lga qo‘yilib, oilaga qo‘shimcha daromad keltirayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ayni paytda issiqxonada 50 tupga yaqin limon va mandarin ko‘chatlari parvarish qilinmoqda. Xonadon sohibi kelgusida har bir limon ko‘chatidan 40–50 kilogrammgacha hosil olishni rejalashtirmoqda.

📈 Ushbu xonadon tajribasi mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalaridan biridir.

🤝 O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati, xonadon tadbirkorligini rivojlantirish uchun yaratilgan imkoniyatlar va kelgusidagi rejalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Slide 1 of 2