35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Tibbiy xizmatlar sifati - Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida

Tibbiy xizmatlar sifati - Fuqarolar murojaatlari — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 7-“Qahramon” saylov okrugi deputati S. Xakimov Qahramon MFY hududidagi oilaviy poliklinika va ko‘chalarda fuqarolar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalarini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati yuzasidan fuqarolarning fikrlari so‘rab-surishtirildi.

Fuqarolar bilan suhbatlar davomida tibbiy xizmatlardan foydalanish holati, shifokorlar va tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatishi, mavjud qulayliklar hamda aholining taklif va mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, uchrashuvlar davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan masalalar, hududdagi mavjud muammolar hamda ularni hal etish bo‘yicha fuqarolarning takliflari o‘rganildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan choralar belgilandi.

Aholi fikri — deputatlik nazoratining muhim mezoni!

Slide 1 of 3