35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Deputat fuqarolar bilan ko‘chalarda yurib ochiq muloqot o‘tkazdi

Deputat fuqarolar bilan ko‘chalarda yurib ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva o‘zi saylangan Bunyodkor MFY hududida fuqarolar bilan ko‘chalarda yurib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.

Muloqot davomida aholi tomonidan asosan maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish bilan bog‘liq muammo ko‘tarildi. Fuqarolarning ta'kidlashicha, chiqindilarni olib ketish ishlari belgilangan jadval asosida amalga oshirilmayotgani sababli ayrim xonadonlarda maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib ketilmay qolmoqda. Bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, chiqindilarni belgilangan jadval asosida o‘z vaqtida olib chiqib ketishni ta'minlash yuzasidan mas'ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaat qilish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Fuqarolar bilan bevosita joylarda olib borilayotgan bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2