35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot o'tkazdi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva o‘zi saylangan Bunyodkor MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va muammolar atroflicha tinglandi. Xususan, aholi tomonidan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmayotgani, bu esa hududning sanitariya holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalani tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda ijobiy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Shuningdek, uchrashuv yakunida deputat tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida saylov okrugida amalga oshirilgan ishlar, ko‘rib chiqilgan murojaatlar hamda deputatlik faoliyati natijalari yuzasidan batafsil axborot berildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning murojaat va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4