35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
Shaxsiy qabullar — murojaatlarga manzilli yechim topishning muhim vositasi

Shaxsiy qabullar — murojaatlarga manzilli yechim topishning muhim vositasi

Kecha, 4-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Termiz tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida tuman hokimi Shuhrat Qalandarovning fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida 31 nafar fuqaroning 34 ta murojaati tinglanib, ularning uy-joy, bandlik, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar va boshqa sohalarga oid masalalari ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning 5 tasi qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi.

Mazkur shaxsiy qabulda Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Shafoatova ham ishtirok etib, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarni tingladi hamda ularning qonuniy va manzilli hal etilishi yuzasidan o‘z taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab qiladigan masalalar bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi. Ularning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, har bir masalaga individual yondashish hamda ularni qonuniy asosda hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 6