35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
🔰Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

📌 Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi aʼzolari — deputatlar X.Xamdamova va G.Anorboyeva hamda soha ekspertlari tomonidan navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritilgan masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Xususan, ishchi guruh shahardagi 18-umumta‘lim maktabida bo‘lib, u yerdagi o‘quv jarayonining tashkil etilishi va umumiy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Deputatlar maktabning moddiy-texnik bazasi holatiga alohida e‘tibor qaratib, sinfxonalarning jihozlanishi va zamonaviy ta‘lim standartlariga mosligini ko‘zdan kechirdilar.

Bunday nazorat tadbirlari sessiya oldidan muammolarni aniq tahlil qilish va ularga to‘g‘ri yechim topish imkonini beradi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha to‘plangan ma‘lumotlar shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida keng muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 4