35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT FAOLIYAT REJASI
янв.21
“Kengash qarorlari ijrosi — deputatlar nazoratida”
янв.21
📋 KOMILJON OTANIYOZOV MAHALLASIDA FAOLIYAT REJASI
янв.21
🏘 Deputat saylov okrugida ko'chama ko'cha yurish orqali aholi muammolarini o‘rganmoqda.
янв.21
📋 Kengash sessiyasi kun tartibidagi masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💰 Byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi — deputatlik nazoratida
янв.21
🛣 Xitoy mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi
янв.21
🛒 Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi o‘rganildi
янв.21
🗑 Maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
🏥 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI — AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA
#deputat_nazorati #kengash_raisi


Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev tomonidan 2-Saxovat saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari, mavjud muammolar va aholining murojaatlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida Ipakchi mahalla fuqarolar yig‘ini Bog‘chasaroy ko‘chasidagi umumiy foydalanishdagi ikki qavatli uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar uchun muhim bo‘lgan masala yuzasidan kamchilik aniqlandi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-42-11-168-K/26-son qaroriga muvofiq, mazkur hududdagi umumiy hojatxonani ta’mirlash uchun “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan 120 million so‘m ajratilgan.

Biroq mablag‘ ajratilganiga qaramay, hozirga qadar amaliy ishlar boshlanmagan.

Eng e’tiborlisi, ta’mirlash ishlari 2026-yil iyul oyida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, belgilangan muddat o‘tgan va loyiha amalda siljishsiz qolmoqda. Bu esa, avvalo, ajratilgan mablag‘larning o‘z vaqtida va samarali o‘zlashtirilishi, shuningdek, aholining munosib sharoitlarda yashashi masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmaganini ko‘rsatadi.

Deputatlik nazorati doirasida mahalla raisi Sh.Mo‘ydinova, ko‘chaboshilar va fuqarolar bilan suhbatlashilib, mavjud holat bevosita joyida o‘rganildi.

Aholi uchun oddiy, ammo muhim bo‘lgan ushbu masalaning nega o‘z vaqtida hal etilmagani mas’ullardan aniq javob va amaliy choralarni talab etadi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mas’ul tashkilotlar oldiga ta’mirlash ishlarini boshlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish hamda ishlarni belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash yuzasidan tegishli vazifalar qo‘yildi.

Mazkur holat deputatlik nazoratida qoladi. Ishlarning boshlanishi, bajarilish sifati va ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi yuzasidan monitoring davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi
kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram

Slide 1 of 10