35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
#okrugda_o'rganish Gaz ta’minoti holati deputatlik nazoratida

#okrugda_o'rganish Gaz ta’minoti holati deputatlik nazoratida
Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti oldidan hududdagi gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X. Turdiyev tomonidan Gulobod mahallasidagi 2-ko‘cha — Obod turmush ko‘chasi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Sharq yulduzi” ko‘cha boshisi D. Xasanov hamda nuroniy T. Jonuzoqov tomonidan mahallada suyultirilgan gaz ballonlari o‘z vaqtida yetkazib berilmayotgani yuzasidan murojaat bildirildi.
Shuningdek, mahalladagi ayrim ko‘chalarning, xususan, maktabga olib boruvchi hamda 1200 metr uzunlikdagi temir yo‘l yoqasi bo‘ylab joylashgan ko‘chalarning asfaltlanishiga ehtiyoj borligi ta’kidlanib, ushbu masalani hal etish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tegishli mas’ullarga yetkazilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati asosida o‘rganib boriladi.
📌 Aholi murojaatlari — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.