35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati faoliyati
янв.21
🏛 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
🎼 MADANIY FAOLIYAT VA MADANIYAT TASHKILOTLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
янв.21
🏘 Kengash qarori asosida byudjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
🏭 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati o‘rganildi
янв.21
📈 PQ-49-son qarori ijrosi: Yangi O‘zbekiston mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🛡 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
👥 Yoshlar maslahat guruhi: Yangi O‘zbekiston mahallasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar o‘rganildi
YOSHLAR BILAN MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova tuman hokimi o‘rinbosari N.Omonova bilan birgalikda hududda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularning huquqiy va ma’naviy bilimlarini oshirish maqsadida “Oila poydevoring mustahkam bo‘lsin” mavzusida yosh nikohlanuvchilar bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbat davomida yosh oilaning mustahkamligi, oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va ishonch, er-xotinning huquq va majburiyatlari, oilaviy mas’uliyat hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga puxta tayyorlash, turli nizoli holatlarning oldini olish, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati va oilaviy qadriyatlarning ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 4