Shu kunlarda Xitoyda bo‘lib turgan Uchko‘prik tumani delegatsiyasi vakillari Xenan provinsiyasi Chenjou shahridagi Qisuoju furniture Co.Ltd. korxonasi vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida "Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida Qisuoju furniture Co.Ltd. tomonidan mebel mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur loyihaning boshlang‘ich qiymati 22 million dollar bo‘lib, 100 ta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan. Xitoylik hamkorlar shu oy yakuniga qadar Farg‘onaga kelib, yangi qo‘shma korxona ochishini bildirishdi.
👇Bizni kuzatishda davom eting👇