35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
QIRGULIDA MUAMMO YECHIMI AMALIY ISHLAR BILAN BOSHLANDI

Fuqarolarning Qirguli mahallasidagi ariqning tozalanishi va suv oqimini yaxshilash yuzasidan bildirgan murojaati deputatlik nazoratiga olinib, muammoni tezkor bartaraf etish bo‘yicha zudlik bilan amaliy choralar belgilandi.

O‘rganish davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur vazifalar belgilanib, bugundan boshlab mahalla hududidan o‘tuvchi ariqni tozalash ishlari rasman boshlandi.

Loyiha doirasida maxsus texnika va ishchi kuchi jalb etilib, qariyb 800 metr uzunlikdagi ariq o‘zanini chiqindi va loyqalardan tozalash, suv oqimini tiklash hamda ariqning o‘tkazuvchanligini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar natijasida suvning erkin oqishi ta’minlanib, yog‘ingarchilik va suv ko‘paygan davrlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish, yo‘l hamda aholi xonadonlariga salbiy ta’sirni kamaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Jarayonning belgilangan tartibda va sifatli amalga oshirilishi Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi o‘rinbosari M.Abdurahmonova, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova hamda Qirguli mahalla raisi tomonidan nazoratga olingan.

Mas’ullar tomonidan olib borilayotgan ishlarning borishi muntazam kuzatib borilib, belgilangan topshiriqlar ijrosi va yakuniy natijalar deputatlik nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 10