35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala “Shabnam” mahallasida obodonlashtirish ishlari va aholi murojaatlari o‘rganilmoqda
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
“Shabnam” mahallasida obodonlashtirish ishlari va aholi murojaatlari o‘rganilmoqda


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “7-Tortuli” saylov okrugidan saylangan deputati, kotibiyat mudiri M.Ashurov tomonidan saylov okrugi hududida aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni o‘rganish hamda hududlarni obodonlashtirish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, deputat tomonidan “Shabnam” mahallasida hududning sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash, ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi joylarni tartibga keltirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda mahalla qiyofasini yanada obod va ko‘rkam qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Obodonlashtirish ishlari davomida hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma bilan bog‘liq masalalar hamda aholining kundalik turmushiga ta’sir ko‘rsatayotgan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tegishli masalalarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Shu bilan birga, M.Ashurov tomonidan mahalla aholisi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari, taklif va mulohazalari tinglanmoqda. Aholi tomonidan bildirilayotgan murojaatlar bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganilib, ularning qonuniyligi va dolzarbligidan kelib chiqib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Deputatning aholi bilan bunday bevosita muloqotlari fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tegishli tashkilotlar oldida ko‘tarish va ijobiy hal etilishiga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlash joizki, xalq vakili sifatida deputatning asosiy vazifalaridan biri - saylovchilar bilan muntazam muloqotda bo‘lish, ularning murojaatlarini o‘rganish, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga e’tibor qaratish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tashabbuslarni ilgari surishdan iborat.
“Shabnam” mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda aholi murojaatlarining joyiga chiqib o‘rganilishi hududda qulay va farovon yashash sharoitlarini yaratish, mahalla infratuzilmasini yaxshilash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Aholi bilan ochiq va samimiy muloqot - muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimini topishning muhim omilidir.
Slide 1 of 3