35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–209-son Farmoni ijrosi doirasida mahalla tizimida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida o‘rganildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Quruqsoy” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla ijtimoiy xodimi To‘raboyeva Dilnoza Baxtiyor qizining faoliyati hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash holati o‘rganildi.Nazorat-tahlil jarayonida yolg‘iz keksalar,nogironligi bo‘lgan shaxslar, kambag‘allik chegarasidagi hamda kambag‘al oilalarni aniqlash, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini o‘rganish, davlat tomonidan ajratilayotgan imtiyoz va yordamlarning manzilli hamda maqsadli yetkazilishini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.O‘rganish davomida “Quruqsoy” MFY hududida jami 80 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs, shundan 20 nafari umumiy nogironlik toifasiga mansub fuqarolar, 3 ta kambag‘allik chegarasidagi hamda 11 ta kambag‘al oila mavjudligi ma’lum bo‘ldi.Shuningdek 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 6 nafariga oziq-ovqat va 3 ta oilaga moddiy yordam ko‘rsatilgani, 3 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanoma rasmiylashtirilgani, 20 ga yaqin fuqaro POMRT mahsulotlari bilan ta’minlangani hamda mehnatga layoqatli 4 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaroning doimiy ish bilan bandligi ta’minlangani qayd etildi.Deputatlik nazorati davomida “Quruqsoy” MFYda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning manzilliligi va samaradorligi, shuningdek, mavjud muammolarni hal etish borasidagi ishlar ijobiy baholandi.O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini manzilli hal etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.  

Slide 1 of 3