35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Mahallada ko'chama-ko'cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Saroy" mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush darajasini oshirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyida o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 3-Saroy saylov okrugidan saylangan deputat O.Allaberdiyevga biriktirilgan tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulov hamda tuman hokimi o‘rinbosari A.Doniyorov "Saroy" mahallasida bo‘lib, ko‘chama-ko‘cha yurgan holda aholi murojaatlarini o‘rgandilar.

Mahalliy Kengash deputatlari uchun ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etilgan ushbu o‘rganishlar davomida aholi bandligi, tomorqadan unumli foydalanish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj xonadonlar sharoiti, ichimlik suvi, elektr energiyasi va yo‘l infratuzilmasi holati ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat bo‘yicha tegishli mutasaddi idoralarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijro jarayoni deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 2