35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati G.Suvonqulovaning tashabbusi va amaliy sa’y-harakatlari bilan "Birlashgan" mahallasi hududida istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila xonadonida xayrli hashar tashkil etildi.
Deputat tashabbusi atrofida mahalla faollari, yoshlar va ko‘ngillilar birlashib, xonadonni obodonlashtirish, hovli hududini tartibga keltirish hamda oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlarini amalga oshirdilar.
G.Suvonqulova tomonidan ilgari surilayotgan bunday ezgu tashabbuslar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarga mehr-e’tibor ko‘rsatish, yoshlarni ezgulik va saxovat ruhida tarbiyalash hamda mahallada o‘zaro hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bunday xayrli ishlar xalq vakillarining aholi dardiga befarq emasligi, fuqarolarning turmush farovonligini yuksaltirish yo‘lidagi amaliy sa’y-harakatlarining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

Slide 1 of 6