35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏘 Aholining ko‘chama ko‘cha yurish orqali muammolar o‘rganildi
янв.21
📢 YOSHLAR MASLAHAT GURUHI FAOLIYATI TAKOMILLASHTIRILADI
янв.21
🌷 XOTIN-QIZLAR MASALALARI BO‘YICHA MUHIM NATIJALAR
янв.21
Deputatlik nazorati: chegara savdo markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📊 BUDJET DAROMADLARI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
🏗 Deputatlik nazorati: Shovot tumanida yo‘l infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI! ✅
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN QONUN IJROSI SAVLNOMA ASOSIDA O’RGANILDI.
янв.21
🏘 DEPUTAT KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB, AHOLI MUAMMOLARINI O‘RGANMOQDA
янв.21
🏛 Deputatga biriktirilgan “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan doimiy komissiya o‘rganishi
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi — deputatlik nazoratida

⏺Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengashning Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat X.Xolmuminov shahardagi 11-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida maktabda yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash uchun amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Jumladan:
maktab binosi va o‘quv xonalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati;
sinfxonalarning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi;
o‘quvchilarning xavfsizligi va maktab hududining obodonlashtirilganlik darajasi;
o‘quv xonalari, fan kabinetlari hamda zarur jihozlarning mavjudligi;
maktabning moddiy-texnik bazasi va mavjud inventarlardan foydalanish holati;
pedagoglar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari;
kutubxona, sport zali va boshqa yordamchi xonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi;
hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va ta’mirlash ishlari holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish hamda yangi o‘quv yilini tashkiliy jihatdan puxta boshlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan maktab mas’ullari bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tayyorgarlik ishlarini belgilangan muddatlarda yakunlash hamda yangi o‘quv yilini munosib boshlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Deputatlar tomonidan ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash hamda aniqlangan masalalarni nazoratga olish muhimligi ta’kidlandi.
Deputatlik nazorati — ta’lim sohasidagi davlat siyosati va belgilangan vazifalarning joylarda samarali ijrosini ta’minlashning muhim vositasidir. 

Slide 1 of 3