35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏢📋 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 3–7-AVGUST KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJEST
янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Deputat saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan 17-"Marg'ilon darvozasi" saylov okrugi hududidagi "Marg'ilon darvozasi" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan 2026-yilning o‘tgan olti oyi mobaynida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil hisobot berildi.

Jumladan, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, hududdagi dolzarb muammolarni o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, deputatlik so‘rovlari hamda mahalla infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adhamov, mahalla faollari hamda saylovchilar ishtirok etdi.

Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni amaliy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4