Mahalliy budjet ijrosi va qo‘shimcha daromad manbalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining mahalliy budjet ijrosi holati, shuningdek, tuman salohiyatidan kelib chiqqan holda mahalliy budjet daromadlarining qo‘shimcha manbalarini shakllantirish, mavjud rezervlarni aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha hisoboti ko‘rib chiqildi.
Muhokamalarda budjet daromadlarini oshirish imkoniyatlari, qo‘shimcha manbalarni jalb etish, hudud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Doimiy komissiya a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tavsiyalar asosida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatnazorati asosida davom ettiriladi.