35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🏢📋 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
📌 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 2026-YIL 3–7-AVGUST KUNLARIGA MO‘LJALLANGAN HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📊 HAFTALIK DAYJEST
янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
DEPUTATNING AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOTLARI DAVOM ETMOQDA: KO‘P QAVATLI UYLAR ATROFIDAGI TOZALIK, YORITISH TIZIMI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-“Tolbuloq” saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna “Fayzobod” MFY raisi O.O‘roqov bilan birgalikda davlatimiz rahbarining topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilayotgan “Dolzarb 40 kunlik — mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida o‘zi saylangan hudud — “Fayzobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar atrofida o‘rganish ishlarini olib bordi.Xususan,deputat tomonidan “Fayzobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarga mas’ul ko‘cha boshilari (domkomlar) bilan bevosita muloqotlar o‘tkazildi.O‘rganishlar davomida ko‘p qavatli uylarning tashqi va umumiy foydalanish hududlari, obodonlashtirish ishlari, atrof-muhit tozaligi hamda hududning yoritilish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari, taklif va tashabbuslari tinglanib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni imkon qadar joyida hal etish, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalarni esa tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.Mazkur ishlar mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yanada kuchaytirish, hududlarda mehr-saxovat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 4