35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI 🇺🇿
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZIB, MAHALLADA XONADONBAY O‘RGANISHLAR OLIB BORDI
янв.21
📍DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Monoq mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
🔷 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda
янв.21
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi  

📝 Yig‘ilish davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔹 Tumandagi davlat organlari va tashkilotlari tuzilmalarida norma ijodkorligi faoliyatini tashkil etish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan 2026-yil II chorak yakunlari bo‘yicha Sherobod tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i R. Berdiyevning axboroti;

🔹 Sherobod tumanida huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish hamda jamoat xavfsizligini ta'minlash borasida 2026-yil I yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari U. Samadovning hisoboti;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi PQ–5132-son qarori ijrosi yuzasidan Sherobod tumani hokimligida qonunchilik hujjatlari hamda yuqori turuvchi organlar topshiriqlarining ijro holati to‘g‘risida hokimlikning ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Abdusalimovning hisoboti;

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sherobod tumanidagi Xalq qabulxonasining 2026-yil I yarim yilligi yakunlari bo‘yicha aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda ayrim davlat tashkilotlarida murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularni ijobiy hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Xalq qabulxonasi bosh mutaxassisi J. Jo‘rayevning axboroti.

💬 Kun tartibidagi masalalar yuzasidan doimiy komissiya a'zolari tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida tegishli qarorlar qabul qilinib, mas'ul tashkilotlarga zarur tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 8