35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi XXI sessiyasi o‘tkazildi
🔰Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi XXI sessiyasi o‘tkazildi

📥Bugun Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdagi yigirma birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat Kengashi deputatlari, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

🏛 Kosonsoy tuman Kengashining mazkur sessiyasi kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalari muhokama qilindi;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 01.04.2026-yil “Aholi bilan muloqot tizimini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi PF-51-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan Kosonsoy tumanida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ–1 son qarori ijrosini ta’minlash hamda tumanda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Kosonsoy tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yil 2-chorak yakunlari yuzasidan amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi PQ-1-sonli “hamda 18.03.2025-yildagi qarorlari ijrosi yuzasidan 2026-yilning 2-choragidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi 15.06.2026-yil, O‘RQ–1153-sonli Qonunni Kosonsoy tumanida ijrosi to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yildagi PF-17-son “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni muvofiq “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.10.2025 yildagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmoni tuman ijrosi to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tuman gaz ta’minoti korxonasi tomonidan 2026 yil yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tuman “Suv etkazib berish xizmati” davlat muassasasi boshlig‘i M.Xoshimxo‘jayevning 2026 yil yarim yillik yakunlari bo‘yicha hisoboti to‘g‘risida;

🔺 O‘zbekiston Respublikasining “Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi doirasida Kosonsoy tumanida geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha tuman komissiyasining takliflari to‘g‘risida;

🔺 Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyalarida mas’ul davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha axborot (hisobot)lari eshitilishini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tuman tibbiyot birlashmasini 2026-yil 2-chorakda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida;

🔺 Kosonsoy tumanida “Dolzarb 90-kun” tadbirlari doirasida, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini yozgi ta’til davrida mahallalarda va umumta’lim maktablarida mazmunli hamda samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida;

🔺 Namangan viloyat Kosonsoy tumanida joylashgan 44-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (nutqida nuqsoni bor) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab-internatni maxsus maktab-internati 7-sonli ko‘p tarmoqli maktab sifatida qayta tashkil etish to‘g‘risida;

🔺 Ayollar daftari”ning xotin-qizlarning muammolarini hal etish va ularni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 7-bosqichi ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlarining hisobot va axborotlari deputatlar tomonidan sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

🌐Bahs va munozaralar bilan o‘tgan sessiya yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 10