35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📄⚡️ DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISH DASTURLARI IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI 🇺🇿
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZIB, MAHALLADA XONADONBAY O‘RGANISHLAR OLIB BORDI
янв.21
📍DEPUTAT FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida Monoq mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi
янв.21
🔷 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
🩺👩‍⚕️ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda
янв.21
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
📌 Deputatlik nazorati doirasida ma’lumot so‘raldi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining doimiy komissiyalari faoliyati davomida qonun hujjatlari ijrosi ustidan deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 19.1-moddasiga muvofiq, doimiy komissiyalar davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslardan zarur ma’lumotlar, ekspert xulosalari,boshqa axborotlarni talab qilib olish huquqiga ega.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyasi tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i O.Shukrullayevga rasmiy xat yuborildi.

Xatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–85-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot so'ralgan.