Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi uyma-uy yurib fuqarolar bilan uchrashdi
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov Mustaqillik MFY hududida uyma-uy yurib, ko‘chalarda fuqarolar bilan uchrashdi hamda ularning murojaat va takliflarini o‘rgandi.
O‘rganishlar davomida Taraqqiyot ko‘chasida elektr tarmoqlari holati ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar tomonidan ayrim elektr simlari me'yoriy holatga nisbatan salqilab qolganligi, ularni texnik ko‘rikdan o‘tkazish va zarur texnik xizmat ko‘rsatish lozimligi ta'kidlandi.
Shuningdek, mazkur ko‘chadagi suv ta'minoti tarmog‘i ham o‘rganilib, ayrim suv quvurlarida texnik nosozliklar mavjudligi hamda ularga ham texnik xizmat ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.
Aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga murojaat qilish va ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish belgilandi.