35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Tuman hokimi o‘rinbosarining PQ-405-son qarori ijrosi bo‘yicha hisoboti eshitildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kamabag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida mazkur qaror asosida hududlarda faol nuroniylarning tajribasi va hayotiy bilimlaridan samarali foydalanish, ularni mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, aholining bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 4