Oʻzbekiston Respublikasining “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonuni
2020-yil 28-aprelda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan hamda 2020-yil 7-avgustda Senat tomonidan maʼqullangan mazkur Qonun fuqarolarning mehnat qilish huquqini taʼminlash, bandlikni rivojlantirish va ishsizlikning oldini olishga qaratilgan muhim huquqiy asos hisoblanadi.
Qonun bilan:
🔹 fuqarolarning erkin mehnat qilish huquqlari kafolatlanadi;
🔹 aholini ish bilan taʼminlashning davlat kafolatlari belgilanadi;
🔹 ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmlari mustahkamlanadi;
🔹 yoshlar, xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini ish bilan taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
Aholining barqaror bandligini taʼminlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda fuqarolarning munosib mehnat qilish huquqlarini ro‘yobga chiqarish mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.