35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
Ko‘p qavatli uy-joylarda mavjud muammolar o‘rganildi

Ko‘p qavatli uy-joylarda mavjud muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valerevna hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv “Humo uylar plyus” professional boshqaruv kompaniyasi tasarrufidagi ko‘p qavatli uy-joylarda yashovchi aholi bilan o‘tkazilib, uy-joylarni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish va mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Muloqot davomida hududdagi ariqlarni tozalash, ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarning kirish qismidagi elektr taqsimlash shitlarini yangilash masalasi ko‘rib chiqildi. Ayrim elektr shitlari 1964-yilda o‘rnatilgani va bugungi kunda zamonaviy talablarga javob bermasligi sababli ularni bosqichma-bosqich almashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, uylarning tom qismlarini ta’mirlash, kirish eshiklarini yangilash hamda domofon tizimlarini o‘rnatish bo‘yicha fuqarolarning taklif va murojaatlari tinglandi.

Uchrashuv yakunida bildirilgan taklif va muammolar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash va fuqarolarga qulay yashash sharoitlarini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 2