35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aholi muammolari o‘rganilmoqda
янв.21
📍 DEPUTAT HAMKOR TASHKILOT BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 DEPUTAT YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI BILAN TANISHDI
янв.21
📍 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILARI BILAN 2-CHORAK YAKUNLARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
📍 📋 SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANUV O‘TKAZILDI ✅
янв.21
🤝🏭 DEPUTAT VA KORXONA O‘RTASIDA HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA
янв.21
🏘🔎 KO‘P QAVATLI UYLARNING HOLATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
🚶‍♂️🏘 DEPUTAT TOMONIDAN KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi

🏛 DEPUTAT VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI: AMALIY NATIJALAR VA ISTIQBOLLI REJALAR

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati X.Salomov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi E.Eshonqulovlar tomonidan "Obikor" mahallasida fuqarolar bilan uchrashuvlar o'tkazilib, xonadonlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy holat hamda aholi murojaatlarining ijrosi joyiga chiqib o'rganildi.

Mazkur o'rganishlar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi mahallalarda boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish hamda "Mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan farmoni asosida joriy etilgan "Mahalla yettiligi" tizimining amaliy natijalari va aholi farovonligini ta'minlashdagi o'rni alohida e'tirof etildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, hokim yordamchisi va "Mahalla yettiligi" a'zolarining o‘zaro hamkorligi natijasida aholining bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Subsidiya – barqaror daromad manbai

Deputat va mahalla faollari mahalla raisi hamda hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan davlat subsidiyasi orqali zamonaviy tikuv mashinasi, overlok va dazmol jihozlarini olib, o‘z xonadonida tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan Malohat Umarova xonadonida bo‘lishdi.

Xonadon sohibasi davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida shunday deydi:
"Ilgari ishsiz edim. Bugun esa davlatimiz tomonidan ko‘rsatilgan amaliy ko‘mak tufayli o‘z xonadonimda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ydim. Bu nafaqat oilamiz daromadini oshirdi, balki o‘zimni jamiyatda munosib o‘rin egallagan inson sifatida his qilishimga ham xizmat qildi."

Ta'kidlanganidek, aholini band qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni manzilli hal etish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar "Mahalla yettiligi" tizimi, mahalliy Kengash deputatlari va mutasaddi tashkilotlar hamkorligining amaliy samarasi hisoblanadi.
Maqsadimiz – qonun ustuvorligi ta'minlangan, jinoyatchilikdan xoli, tadbirkorlik rivojlangan, aholi bandligi va farovonligi yuksalgan hamda fuqarolari rozi bo‘lgan obod mahallani barpo etishdir.

Slide 1 of 1