35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 🏡🌳 Sherobod tumanida obodlik va bunyodkorlik ishlari izchil davom etmoqda

🇺🇿 Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar hamda 2026-yil – “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” doirasidagi topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sherobod tumanining barcha mahallalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

🤝 “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputatlari ham o‘z saylov okruglarida obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

🎉 Mazkur ishlar mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz” g‘oyasi ostida munosib kutib olish maqsadida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish tadbirlarining uzviy davomi hisoblanadi.

🚜 Bugungi kunda tumanning barcha mahallalarida ko‘cha va ichki yo‘llarni tartibga keltirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya-tozalash ishlarini kuchaytirish, ariq va zovurlarni tozalash hamda xonadonlar atrofi ozodaligini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

🌿 Shuningdek, mahallalarda hasharlar tashkil etilib, aholi, nuroniylar, yoshlar va faollar ishtirokida mehr-saxovat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bu kabi ezgu tashabbuslar orqali mahallalarni yanada obod, fayzli va yashash uchun qulay maskanga aylantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 8